insurez
15-10-2024 11:35

Ishtixonda o‘zbek tili bayrami qandan nishonlanmoqda?


Ishtixonda o‘zbek tili bayrami qandan nishonlanmoqda?

🔰 “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Samarqand viloyati Ishtixon tumanida bayramga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

 🇺🇿 Ona tilimizni madh etuvchi targ‘ibot vositalari aholi gavjum joylarga, bozorlar, istirohat bog‘lariga, xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘llari bo‘ylariga joylashtirildi.

🔵 Tumandagi tashkilot va muassasalarda shoir va yozuvchilar, taniqli tilshunos-olimlar ishtirokida adabiy-badiiy kechalar, davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar, “ommaviy diktant” aksiyalari, “Zakovat” intelektual oʻyinlari tashkil etilmoqda.

Qadring baland bo'lsin, ona tilim!

Obid Tojixonov,
Ishtixon tumani hokimi maslahatchisi. 

Teglar
- -