insurez
12-06-2025 09:06

Ishtixonda sayyor qabul: Murojaatlar joyida oʻrganilmoqda


Ishtixonda sayyor qabul: Murojaatlar joyida oʻrganilmoqda

Ayni damda Ishtixon tumanida aholining muammolarini o‘rganish va ularga amalda yordam berish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi. 

Unda viloyat hokimi o‘rinbosari Akmal Shukurov, tuman hokimi Fazliddin Ruziyev, Prezidentning Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi mudiri Alijon Yusupov hamda viloyat va tuman darajasidagi tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Sayyor qabul davomida aholi vakillari turli yo‘nalishlardagi muammolar, jumladan, uy-joy, yer masalalari, ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar va boshqa sohalarga oid murojaatlar qilmoqdalar.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -