Ishtixonda tibbiyot sohasi yangilanmoqda
Ishtixonda tibbiyot sohasi yangilanmoqda
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bekmirza Eshmurzayev Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev hamroxligida tumanda tibbiyot tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklar bilan tanishdi.
Tanishish chog‘ida deputatga shifokorlar foydalanayotgan zamonaviy laboratoriya va diagnostika uskunalari namoyish etildi. Xususan, qiymati 150 ming AQSH dollari bo‘lgan yangi mammografiya apparati yordamida ayollar salomatligini erta tashxislash imkoniyati yaratildi.
Shuningdek, zamonaviy Maglumi X3 IHLA analizatori orqali 200 ga yaqin qon tahlillari aniqlanishi mumkin bo‘lib, u natijalarni elektron shaklda tezkor taqdim etadi. Bu tibbiy xizmat sifatini sezilarli darajada oshirib, aholiga qulaylik yaratishga xizmat qilmoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI




