insurez
02-05-2025 12:10

Ishtixonda Xitoylik investorlar ishtirokida yirik investision loyihaga start berildi


Ishtixonda Xitoylik investorlar ishtirokida yirik investision loyihaga start berildi

Bugun Ishtixon tumanida muhim investision voqelik — tumanning Xalqobod mahallasidan joy olgan yirik qurilish loyihasi uchun tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu loyiha Xitoylik investorlar hamkorligida amalga oshiriladi va zamonaviy ko‘p qavatli “smart” uylar qurilishini nazarda tutadi.

Muhim ahamiyatga ega ushbu marosimda tuman hokimi, mahallaning nuroniylari, hudud aholisi hamda Xitoylik tadbirkorlar ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida loyiha maqsadlari, amalga oshirish bosqichlari va uning tuman infratuzilmasi hamda aholi turmush darajasiga qo‘shadigan hissasi haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Loyiha doirasida yangi, yuqori sifatli, qulay va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ko‘p qavatli turarjoylar barpo etiladi. 

Bu esa nafaqat aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, balki yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishga ham xizmat qiladi.

Tamal toshi qo‘yish marosimida nutq so‘zlaganlar mazkur hamkorlik ikki tomonlama ishonch va do‘stona munosabatlarga asoslanganini, kelgusida yana ko‘plab yirik loyihalar amalga oshirilishi uchun poydevor ekanini ta’kidlashdi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -