Ishtixonda xorijiy investisiya jalb qilish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda
Ishtixonda xorijiy investisiya jalb qilish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda
🇺🇿🇨🇳Ayni damda Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
✨Muzokaralar davomida tumandagi investisiyaviy muhit, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi loyihalar, infratuzilmaviy imkoniyatlar hamda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik masalalari muhokama etilmoqda.
💎Uchrashuvning asosiy maqsadi — tumanda yangi ish o‘rinlari yaratish, zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan xorijiy investisiya loyihalarini amalga oshirishdan iborat.
👨💼Tadbir doirasida Xitoylik investorlar tumandagi sanoat zonalari, oziq-ovqat va qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish, logistika va eksport imkoniyatlari bilan tanishmoqdalar.
#Investitsiya #Xitoyinvestitsiya #Ishtixon2025
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI