Ishtixonda yangi aylanma yo‘l va ko‘prik qurilishi boshlandi
Ishtixonda yangi aylanma yo‘l va ko‘prik qurilishi boshlandi
Ayni damda tuman hokimi Fazliddin Ruziyev mazkur yo‘lda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Loyiha doirasida umumiy uzunligi 76 metr, eni 16 metr bo‘lgan zamonaviy ko‘prik barpo etilmoqda. Qurilish ishlari “Farovon yo‘l servis” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
Mazkur aylanma yo‘l va ko‘prik tuman markazida yuk hamda yo‘lovchi transporti oqimini kamaytirish, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda aholi uchun qulay transport sharoitini yaratishga xizmat qiladi.
Tuman hokimi qurilish jarayonini ko‘zdan kechirib, ishlar sifatli va tez fursatda yakunlanishi lozimligini ta’kidladi
Shuningdek, u qurilishda mehnat qilayotgan mutaxassislar bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalari bilan ham qiziqdi.