insurez
29-06-2024 11:35

Ishtixonlik harbiy xalqaro musobaqa g‘olibi !!!


🇺🇿O‘zbekistonlik harbiylar xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi. Ishtixonlik harbiy xalqaro musobaqa g‘olibi !!!

24-27 iyun kunlari Toshkent harbiy okrugiga qarashli "Chirchiq" tog‘ poligonida Hamdo‘stlik davlatlari tarkibiga kiruvchi davlatlar ishtirokida belgilangan shtat qurollaridan otish bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. 

Musobaqada O‘zbekistondan tashqari Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Tojikiston davlatlari vakillari ishtirok etdi.

Musobaqaning ikki yo‘nalishida qayd etilgan umumiy natijalar yakunida O‘zbekiston terma jamoasi g‘olib bo‘ldi.

Quvonarlisi shuki ushbu musobaqada Ishtixonlik harbiy yigitimiz xam bor.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -