insurez
16-10-2025 10:18

Ishtixonlik kitobxonlar uchun bayramona onlar!


Ishtixonlik kitobxonlar uchun bayramona onlar!

Bugun, Ishtixon tumani markazida “Ma’naviyatga sayohat” nomli arzonlashtirilgan kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Samarqand viloyat hokimligi, “Munshaot” nashriyoti va “Kitob_kafe” hamkorligida tashkil etildi.

📚 Yarmarkada turli yo‘nalishdagi bestseller asarlar, bolalar adabiyoti hamda ma’naviyat va ta’limga oid kitoblar aholiga arzon narxlarda taklif etildi.

Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev tadbirda ishtirok etib, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ayniqsa yoshlarda o‘qish madaniyatini shakllantirish muhimligini ta’kidladi.

Tadbir davomida kitobxon yoshlar va mehmonlar uchun turli ma’naviy suhbatlar, tanlovlar va kitob taqdimotlari ham tashkil etildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -