insurez
23-08-2024 14:24

ISHTIXONLIK MAHALLA RAISLARI GʻOLIB DEB TOPILDI


ISHTIXONLIK MAHALLA RAISLARI GʻOLIB DEB TOPILDI

👍 "Mustaqilligimizning 33 yilligiga 33 ta loyiha" tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

🔍Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston mahallalari uyushmasining eng yirik loyihalaridan biri, "Mustaqilligimizning 33 yilligiga 33 ta loyiha" tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔍Respublika komissiyasi tomonidan ushbu loyihalar o‘rganib chiqilib, 33 ta loyiha va grantlar g‘olib deb topildi.

Ushbu gʻoliblar orasida Ishtixon tuman “Chinortepa” mahallasi raisi Maxmudov Aktam Kurkamovich hamda “Humo” mahallasi raisi Asomov Akmal Amirovich borligi quvonarli albatta.

🔍Mazkur loyihaning yorqin yo‘nalishlaridan biri "Biznesni rivojlantirish banki"  bilan hamkorlikda tashkil etilgan  “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib, unda tadbirkorlar o‘z biznes loyihalari bilan faol ishtirok etdilar.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -