insurez
19-08-2025 10:19

Ishtixonlik yoshlar Respublika bosqichida yuksak natijaga erishdi


Ishtixonlik yoshlar Respublika bosqichida yuksak natijaga erishdi

“Besh tashabbus olimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarining Respublika (final) bosqichida 16-21 yosh toifasida o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi bellashuvida ishtixonlik yoshlar yuqori natijalarga erishishdi.

Xususan, Xalqobod mahallasi yoshlari Bobomurodova Gulira’no 1-o‘rinni, Bobomurodov Umar esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Gʻoliblar diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Bu yutuqlar Ishtixon yoshlarining iqtidori va sportga bo‘lgan qiziqishining yana bir yorqin namoyoni bo‘ldi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz (https://ishtixon.uz/) |Telegram (https://t.me/ishtixontumanhokimligi) |Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanhokimligi?igsh=amVtYzd3NmFjYWJ0&utm_source=qr) |Facebook (http://www.fb.com/ishtixon.tumanhokimligi)

Teglar
- -