"Jaholatga qarshi ma’rifat" hamda "Ogohlik davr talabi" mavzularida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Ishtixon tumani hokimligi yig‘ilish zalida joriy yilning 8-noyabr kuni maktab direktorlari va direktorlarning ma’naviyat bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida "Jaholatga qarshi ma’rifat" hamda "Ogohlik davr talabi" mavzularida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirda DXX mas’ul xodimi U. Eshonqulov, DIQ vakili I. Xusanov, IIB mas’ul xodimi Q. Norov hamda Ishtixon tumani maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi boshlig‘i G. Saidmuratova qatnashdi.
Ma’ruzachilar ishtirokchilarga islom dinining asl mohiyati, radikalizm va diniy ekstremizmning xavfliligi haqida tushuntirish berishdi. Shuningdek, so‘nggi vaqtlarda yoshlarning bilib-bilmasdan yot g‘oyalarga aldanib qolishi holatlari ham muhokama qilindi. Davlatimiz va xorijiy mamlakatlardagi diniy-siyosiy vaziyatlar va sodir bo‘layotgan jinoyatlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Yig‘ilish davomida hukumatimiz tomonidan ta’lim sohasida yaratilayotgan sharoitlar hamda yoshlarning kelajagi uchun ko‘rsatilayotgan e’tibor ham alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida DIQ tomonidan tayyorlangan "Tinchlik qadri" nomli hujjatli film namoyish etildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI