«Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusida muhokama o‘tkazildi
«Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusida muhokama o‘tkazildi
Bugun tuman hokimligida «Jaholatga qarshi ma’rifat» shiori ostida targ‘ibot-tashviqot muhokamasi tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi, tuman hokimi o‘rinbosarlari, viloyat Din ishlari qo‘mitasi mas’ullari, davlat xavfsizlik xizmati xodimlari, IIB mas’ullari, tashkilot va muassasalar rahbarlari, mahalla raislari hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda diniy ekstremizm va jaholatga qarshi ma’rifat yo‘li bilan kurashish masalalari keng muhokama qilindi.
Yoshlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, aholi o‘rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish bo‘yicha taklif va amaliy choralar bildirildi.
Shuningdek, sohada mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish uchun mutasaddi mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI