insurez
07-05-2025 10:08

Kasaba uyushmalari xodimlarning qalqoni bo‘lmog‘i lozim!


Kasaba uyushmalari
xodimlarning qalqoni bo‘lmog‘i lozim!

Mamlakatimizda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi keng nishonlanmoqda. 

“Kasaba uyushmasi” so‘zini ko‘pchilik muhtojlarga moddiy yordam ko‘rsatish, yo‘llanmalar tarqatish va madaniy ishlarni tashkil etish bilan bog‘laydi. 

Kasaba uyushmasi - bu professionallar uyushmasi, ya’ni o‘z kasbiy, mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini birgalikda himoya qiladigan ongli va faol insonlarning jamoat tashkilotidir. Kasaba uyushmasi - bu fuqarolarning ijtimoiy va mehnat huquqlari hamda manfaatlarini ifodalash, himoya qilish uchun tashkil etilgan, ular faoliyatining tabiati bo‘yicha umumiy ishlab chiqarish, kasbiy manfaatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ixtiyoriy jamoat birlashmasidir. 

Ayni paytda Ishtixon tumani Pedagogika kolleji binosida Oʼzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Ishtixon tuman boʼlinmasining VII Hisobot - Saylov Konferensiyasi boʼlib oʼtmoqda. 
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -