insurez
27-10-2025 11:18

“Kitob karvoni” Ishtixonda!


📚 “Kitob karvoni” Ishtixonda!

Ma’naviyat va kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasidagi ma’rifat karvoni o‘zining navbatdagi manzili — Ishtixon tumani Axborot-kutubxona markaziga yetib keldi.

Tadbirda tuman hokim o‘rinbosari J. Bediyev hamda Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i O. Akbarov ishtirok etib, turli yo‘nalishlarni qamrab olgan qimmatli adabiyotlar to‘plamini kutubxonaga tantanali ravishda topshirdilar.

Ushbu loyiha yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning dunyoqarashi va tafakkurini boyitish, shuningdek, ma’naviyat va ma’rifat bayrog‘ini yurtimizning har bir hududida baland ko‘tarishga xizmat qiladi.

📖 Kitob – eng yaqin do‘st, eng sadoqatli ustoz!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -