insurez
04-06-2024 14:22

KOMBAYNLAR MAVSUMGA SHAYLIGI KO‘ZDAN KECHIRILDI


KOMBAYNLAR MAVSUMGA SHAYLIGI KO‘ZDAN KECHIRILDI

Hademay g‘alla o‘rimi mavsumi boshlanadi. Buning uchun o‘rim kombaynlari hozirlab qo‘yilgan.

Bugun, Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari Xudayberdiyev Shunqor Farmonovich tuman hokimi Fazliddin Ruziev, tuman IIB boshlig‘i hamda masʼullar ishtirokida mavsumda qatnashuvchi kombaynlarning texnik holati ko‘zdan kechirildi.

Bunda, mavsumga tayyorlanayotgan 36 ta g‘alla o‘rish kombaynlarining o‘z vaqtida, sifatli taʼmirlanish holati, yoqilg‘i moylash materiallari zaxirasining shakllantirilishi va ko‘chma servis xizmati ko‘rsatish guruhlarining kasbiy, texnik tayyorgarligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, mavsumni risoladagidek o‘tkazish, hosilni nesnobud qilmasdan sifatli holatda yig‘ib olish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -