Korrupsiya hamda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish va soliq tushumlarini oshirish masalalari muhokama qilindi
Korrupsiya hamda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish va soliq tushumlarini oshirish masalalari muhokama qilindi
Ayni damda Ishtixon tuman hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda soliq tushumlarini oshirish masalalariga bag‘ishlangan muhokama bo‘lib o‘tdi.
Muhokamada tuman hokimi Fazliddin Ruziyev, tuman prokurori Uchqun Butunov, IIB boshlig‘i o‘rinbosari, shuningdek tashkilot va idora rahbarlari ishtirok etdi.
Muloqot jarayonida korrupsiya holatlarining oldini olish, moliyaviy intizomni mustahkamlash, soliq tushumlarini barqaror oshirish hamda mas’ul rahbarlarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI




