insurez
04-06-2025 17:05

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ijrosi Ishtixon tumanida ham o‘rganildi


Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ijrosi Ishtixon tumanida ham o‘rganildi


🇺🇿Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev rahbarligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatida korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish, shu jumladan maishiy korrupsiyaga barham berish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ijrosini o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.

🦅Ishchi guruhning navbatdagi manzili Ishtixon tumani bo‘lib, u yerda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishildi. 

✨Jumladan, tumandagi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi, xodimlarni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash holati va bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish chora-tadbirlari o‘rganildi.

✅Shuningdek, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan raqamli yechimlar ham ko‘zdan kechirildi.

➕O‘rganish jarayonida ishchi guruh tomonidan tibbiyot sohasida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, bemorlar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -