Korrupsiyaga qarshi kurashish – eng oliy vazifamiz!
Korrupsiyaga qarshi kurashish – eng oliy vazifamiz!
Ishtixon tumanida, xususan Baxrin va Ko‘tarma mahallalarida, tuman prokurori Uchqun Butunov va tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sherzod Tog‘ayev ishtirokida mahalla raislari va fuqarolar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish hamda Prezident qarori bilan tasdiqlangan PQ-1 sonli qaror mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Shuningdek, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish lozimligi alohida ta’kidlandi.
Tuman prokurori ushbu sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib, mas’ullarni rasman ogohlantirdi. Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari eshitilib, ularga huquqiy tushunchalar berildi.
Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning umumiy vazifamiz!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI