insurez
14-06-2025 09:15

M-37 magistral yo‘li bo‘ylab obodonlashtirish holati o‘rganilmoqda


M-37 magistral yo‘li bo‘ylab obodonlashtirish holati o‘rganilmoqda

Ayni damda Samarqand viloyati hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Begzod Rahmatullayev hamda Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev rahbarligida tegishli mas’ullar ishtirokida tumanimiz hududidan o‘tuvchi M-37 magistral yo‘li bo‘ylab obodonlashtirish va hududni ko‘rkamlashtirish ishlari bo‘yicha o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida yo‘l atrofidagi infratuzilma holati, yon-atrof hududlarning sanitariya tozaligi, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, yo‘l bo‘ylab qurilgan ob’yektlarning umumiy holati va estetik ko‘rinishi bo‘yicha aniq fikr va takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganishlardan maqsad — tumanimizdan o‘tuvchi ushbu muhim transport yo‘lagining jozibadorligi va qulayligini oshirish, mehmonlar hamda aholi uchun qulay muhit yaratishdan iborat. 

Shu bilan birga, yo‘l bo‘ylab savdo va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, ishbilarmonlar uchun imkoniyatlar yaratish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlangan muammolarni bartaraf etish va tegishli vazifalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -