insurez
19-08-2024 17:44

Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.


Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi sho‘ba mudiri Abduxalil Mavrulov hozirda Ishtixon tumanida bo‘lib turibdi. 

Ushbu tashrif davomida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyat boshlig‘i, tuman hokimi Fazliddin Ruziyev hamda sektor rahbarlari bilan birgalikda tumanda maʼnaviyat va maʼrifat yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar keng muhokama qilinmoqda.

Mazkur yig‘ilishda maʼnaviyat va maʼrifat sohasida olib borilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar va kelgusidagi rejalar ko‘rib chiqildi.

Ishtixon tumanida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va bu borada yana qanday chora-tadbirlar ko‘rilishi zarurligi muhokama markazida bo‘ldi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -