insurez
27-06-2025 17:39

Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi


Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

📅 Bugun, 27 iyun kuni, Ishtixon tuman hokimligida Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

🎤 Tadbirda tuman hokimi Fazliddin Ruziyev hamda tuman prokurori Uchqun Butunov tumanda faoliyat olib borayotgan jurnalist va blogerlarni kasb bayrami bilan tabriklashdi.

🎙 Tuman rahbarlari o‘z chiqishlarida jurnalistika sohasining jamiyatdagi o‘rni, xolis va haqqoniy axborot yetkazishdagi roli hamda OAV xodimlarining halol va fidokorona mehnatini alohida e’tirof etishdi.

🎁 Tadbir yakunida faol OAV vakillariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Uchrashuv samimiy va bayramona ruhda o‘tdi.

#Ishtixon2025 #OAV
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -