insurez
06-12-2025 12:00

Migratsiyadan qaytgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — diqqat markazida


Migratsiyadan qaytgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni jamiyat hayotiga munosib qaytarish va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bugungi kunda eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda hududlarda tizimli ishlar amalga oshirilib, xotin-qizlarni kasbga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka keng jalb etish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Shu munosabat bilan, Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Saidova Ishtixon tumanidagi shtab faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tanishishlar davomida migratsiyadan qaytgan xotin-qizlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv kurslari, bandlikka yo‘naltirish jarayonlari va mavjud imkoniyatlar atroflicha o‘rganildi. Hududda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish va mustaqil hayotga qaytishini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada samarali tashkil etish vazifasi belgilab olindi. ——

Teglar
- -