insurez
22-10-2024 11:50

Mitan shaharchasining infratuzilmasini yaxshilash maqsadida joylarda o‘rganish ishlarini olib bormoqda.


Samarqand viloyati prokurori Murodqosim Eshnazarov, Ishtixon tumani sektor rahbarlari va mutassadi tashkilotlar bilan birgalikda, Mitan shaharchasining infratuzilmasini yaxshilash maqsadida joylarda o‘rganish ishlarini olib bormoqda. 

O‘rganishlar doirasida shaharchaning yo‘llari, bozor atrofi, avtoturargohlar va boshqa muhim infratuzilma ob’yektlari ko‘zdan kechirilmoqda. 

Shu bilan birga, aholi uchun yaratilgan sharoitlar va kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan rivojlantirish loyihalari ham tahlil qilinmoqda. 

Maqsad — shaharchaning infratuzilmasini zamonaviy talablarga moslashtirish va aholining hayot sifatini oshirish.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -