insurez
16-12-2025 12:27

MUNOSABAT


MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Ijtimoiy uyda sovuq — bolalar qaltirab yashayapti!” sarlavhali videolahva yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Ishtixon tumani, “Boylata” mahallasida yashovchi fuqaro N.O. ning murojaatiga asosan Ishtixon tumani hokimi va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida murojaatda keltirilgan xonadonlarda tezkor oʻrganish ishlari olib borildi. “Boylata” MFYda joylashgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun mo‘ljallangan uyda 22 ta xonadon mavjud boʻlib, har bir xonadon ikki konturli elektr isitish moslamasi bilan jihozlanganligi, ushbu tizimdan qish-yoz muvsumlarida foydalanish belgilanganligi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yildagi 649-sonli qarori 123-bandiga muvofiq, qoʻlbola, nostandart isitish pechlaridan foydalanish ta’qiqlangani va bu hayot uchun xavfli ekanligi mas’ullar tomonidan ushbu xonadonlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga yana bir bor tushuntirildi. Mas’ullarga elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash, isitish uskunalarining texnik holatini yana bir bor ko‘rikdan o‘tkazish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar sharoitini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilab berildi. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qoʻshimcha ma’lumot beriladi.

Teglar
- -