“Mustaqilligimizning 34 yilligi” arafasida Ishtixonda yangi 34-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi
“Mustaqilligimizning 34 yilligi” arafasida Ishtixonda yangi 34-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi
Ishtixon tumani Odil mahallasida joylashgan 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida qurilgan 120 o‘rinli 34-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Tadbirda tuman hokimi Fazliddin Ruziyev, nuroniylar, mahalla faollari, pedagoglar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Yangi bog‘cha zamonaviy ta’lim va tarbiya talablariga javob beradigan shart-sharoitlar, o‘quv-tarbiya xonalari, o‘yin maydonchalari hamda qulay infratuzilma bilan ta’minlangan.
So‘zga chiqqanlar ushbu muassasa yosh avlodning sog‘lom, bilimli va ma’nan yetuk bo‘lib voyaga yetishida muhim qadam bo‘lishini ta’kidlab, barcha bolajonlarga baxtli bolalik va yorqin kelajak tiladilar.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz (https://ishtixon.uz/) |Telegram (https://t.me/ishtixontumanhokimligi) |Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanhokimligi?igsh=amVtYzd3NmFjYWJ0&utm_source=qr) |Facebook (http://www.fb.com/ishtixon.tumanhokimligi)