insurez
12-03-2025 10:41

NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILDI


NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILDI

⚡️Haftaning har chorshanba kuni Ishtixon tuman hokimining tadbirkorlar qabuli kuni sifatida belgilangan bo‘lib, bugun tuman hokimligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda navbatdagi tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglandi. 

Hafta davomida 9 nafar tadbirkorlar tuman Savdo-sanoat palatasiga murojaat qilgan edi va ularning 5 nafarining masalalari qabulga qadar hal etildi.     

Shuningdek qolgan 4 nafar tadbirkorlarning muammolari tuman hokimi Fazliddin Ruziyev, tuman prokurori Uchqun Butunov hamda masʼullar bilan birgalikda  muhokama qilinib ko‘tarilgan masalalarning yechimi yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -