Nogironligi bo‘lgan shaxslar — jamiyatning teng huquqli a’zolari.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar — jamiyatning teng huquqli a’zolari.
🇺🇿 Mamlakatimizda har yili 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni keng miqyosda nishonlanib kelinadi. Ushbu sana munosabati bilan Ishtixon tumanida katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
Ishtixon tumanidagi mazkur tadbir nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash va ijtimoiy himoyasini mustahkamlash borasida amaliy ishlarning yorqin namunasi hisoblanadi.
Tuman hokimi Fazliddin Ruziyev va sektor rahbarlarining ishtirokida o‘tayotgan bu bayram tadbiri, shubhasiz, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirishga hissa qo‘shadi. Bunday tadbirlar jamiyatda tenglik va mehr-oqibat ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI