insurez
18-03-2025 14:36

❗️ Noqonuniy reklama uchun javobgarlik kuchaytirildi!


❗️ Noqonuniy reklama uchun javobgarlik kuchaytirildi!

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

E’lonlar, peshlavhalar va axborot matnlarining qonun talablariga mosligi o‘rganilmoqda. Noqonuniy reklama o‘rnatish qonunbuzarlik hisoblanib, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 70 baravarigacha jarima qo‘llanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Tuman hokimligi ishchi guruhi va tuman prokuraturasi tomonidan Mitan shaharchasi Amir Temur ko‘chasida reklama va peshlavhalarning davlat tilida yozilishi hamda qonunchilik talablari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹 Hurmatli tadbirkorlar!

Mahsulot va xizmatlaringizni targ‘ib qilishda “Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlarga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz. Ushbu talablarni buzish ma’muriy va moddiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

✅ Yaqinlaringizni ogohlantiring va qonunlarga rioya qiling!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -