insurez
05-03-2025 14:05

❗️ Noqonuniy reklamalarga qarshi reydlar boshlandi!


❗️ Noqonuniy reklamalarga qarshi reydlar boshlandi!

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar, noqonuniy reklama o‘rnatish qonunbuzarlik hisoblanib, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 70 baravarigacha jarima qo‘llanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Tuman hokimligi ishchi guruhi va tuman prokuraturasi tomonidan Mitan shaharchasi Amir Temur ko‘chasida reklama va peshlavhalarning davlat tilida yozilishi hamda qonunchilik talablari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

🔵 Hurmatli tadbirkorlar!
Mahsulot va xizmatlaringizni targ‘ib qilishda “Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz. Ushbu qonunlarga amal qilmaslik ma’muriy va moddiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

✅ Yaqinlaringizni ogohlantiring va qonunlarga rioya qiling!

Tuman hokimining maslahatchisi O.Tojixonov. 
 

Teglar
- -