insurez
19-03-2025 11:43

“Obod mahalla” tanlovida Qoraqo‘yli mahallasi viloyatda faxrli o‘rinni egalladi


“Obod mahalla” tanlovida Qoraqo‘yli mahallasi viloyatda faxrli o‘rinni egalladi

Samarqand viloyatida o‘tkazilgan “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida Qoraqo‘yli mahallasi munosib ishtirok etib, “Obod mahalla” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mahalla sharafini munosib himoya qilgan mahalla raisi J.Nafasov, obod xonadon egasi M.Toshtemirov va ko‘cha boshi B.Ergashevlar o‘z hududlarini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda faol ishtirok etdi. 

Tanlov davomida ular o‘z mahallasining namunali jihatlarini namoyish etib, savol-javoblarda ham munosib ishtirok etishdi.

Tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilari O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Qoraqo‘yli mahallasi ahliga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -