insurez
09-07-2024 11:29

"Oilaviy ajrimlarni oldini olish" bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.


Ishtixon tumani hokimligi binosida tuman hokimi Fazliddin Ruziyev tashabbusi bilan, "Oilaviy ajrimlarni oldini olish" bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.

 Muhokamada tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Feruza Chinorova,  tuman Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon sudining sudyasi Iskandarov Bekzod, tumanlararo Iqtisodiy sud raisi Yuldoshev Fazliddin, Jinoyat ishlar bo‘yicha Ishtixon tumani sud raisi Pansatov Kamoliddin ishtirok etdi. 

Yig‘ilishda tuman hokimi Fazliddin Ruziyev oilaviy ajrimlarning kelib chiqish sabablari, oilalardagi notinchlik, qaysi mahallarda qanday sabablarga ko‘ra oilalar ajrimlarga sabab bo‘lmoqda, bunday masalalar jamiyatimizga qanday oqibatlarni olib keladi? 

Bu haqida sudlar bilan o‘tkazilgan muhokamada oʻrganildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -