Olis hududlardagi soylar o‘rganildi
Olis hududlardagi soylar o‘rganildi
Bugun Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev va tuman prokurori Uchqun Butunov olis hududlardagi suv yo‘li soylarini ko‘zdan kechirdi.
✅Ushbu hududlarda transport harakatini yengillashtirish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ko‘prik qurish rejalashtirilmoqda.
💧Joylardagi mavjud sharoitlar o‘rganilib, suv sathining yomg‘ir mavsumida oshib ketishi va yo‘l o‘tish qiyinlashishi kabi muammolar muhokama qilindi.
✨Mutasaddilar ko‘prik qurilishi bo‘yicha aniq takliflar tayyorlab, tegishli chora-tadbirlar belgilanishini ma’lum qildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI