Ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigi
Ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigi
Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari!
✅Siz, qalami o‘tkir, so‘zi ta’sirli, axborot maydonida faoliyat yuritayotgan aziz insonlarni 27 iyun — Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman!
✍️Sizlarning tinimsiz mehnatingiz, hayotimizdagi muhim voqea-hodisalarni xolis va tezkor yoritishdagi sa’y-harakatlaringiz jamiyatimizda ochiqlik, oshkoralik va islohotlarning samarali amalga oshishiga xizmat qilmoqda.
📰Ayniqsa, Ishtixon tumanidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, xalq manfaatini ko‘zlagan islohotlar, mahalliy muammolarning o‘z vaqtida ko‘tarilishi va yechim topishida sizlarning hissangiz beqiyos.
📝Sizlarning xolis so‘zingiz, haqiqatga sodiqlik va fuqarolik mas’uliyatingiz hamisha yuksak bahoga loyiq.
✨Shu o‘rinda, Ishtixon tumanida faoliyat yuritayotgan mahalliy va respublika OAV vakillariga samimiy minnatdorchilik bildiraman hamda barchangizga muvaffaqiyatlar, sog‘lik-salomatlik, ijodiy parvoz va yangi yutuqlar tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Fazliddin Ruziyev,
Ishtixon tuman hokimi
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI