insurez
28-05-2025 16:31

📚 “Ommaviy diktant” savodxonlik aksiyasi Ishtixon tumanida o‘tkazildi! ✍️


📚 “Ommaviy diktant” savodxonlik aksiyasi Ishtixon tumanida o‘tkazildi! ✍️

🗓 2025-yil 28-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6084-sonli Farmoni — “O‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Ishtixon tumanida “Ommaviy diktant” savodxonlik aksiyasi tashkil etildi.

🤝 Aksiya Ishtixon tuman hokimligi hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashi hamkorligida o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Q. Nuriddinov ishtirok etib, faol qatnashgan fuqarolarni rag‘batlantirdi.

🎖 Diktant natijalariga ko‘ra eng yaxshi bilim namunasini ko‘rsatgan ishtirokchilarga faxriy yorliqlar, 1-, 2- va 3-darajali diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, har bir ishtirokchiga 2 donadan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobi taqdim etildi.

📈 Tadbir tumanda ona tilimizga bo‘lgan e’tibor va hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -