insurez
15-12-2025 12:00

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining samaradorligi va ochiqligini oshirish hamda sud mustaqilligi kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Farmoni (https://president.uz/oz/lists/view/8699) qabul qildi


Farmon bilan Sudyalar oliy kengashining qonunchilikka sudyaning almashtirilmasligiga oid tamoyilni kiritish bo‘yicha quyidagi takliflariga rozilik berildi: ➖ sudyalarni navbatdagi o‘n yillik muddatga tayinlash (saylash) tartibini bekor qilib, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz davrga tayinlash (saylash) tartibini belgilash; ➖ tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislari va ularning o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni aniq mezonlarga ko‘ra sudyalar orasida ochiq tanlov asosida tanlash tartibini o‘rnatish; ➖ sudyaning kasbiy faoliyatini baholashda “halollik”, “kasbiy layoqatlilik” va “odob qoidalariga rioya etish” talablarining aniq mezonlarini qonun darajasida belgilash. FIB Ishtixon tumanlaro sudi raisi F. Karshiyev ——

Teglar
- -