insurez
25-03-2025 10:16

O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishda olib borilayotgan  islohotlar.


O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishda olib borilayotgan  islohotlar.

O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish uchun bir qator yangi qonunlar qabul qilindi. Masalan, 2017-yilda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun” korrupsiyaga qarshi tashkiliy choralar, mansabdor shaxslar uchun jazolar va jamoatchilikni korrupsiyaga qarshi xabardor qilish uchun mexanizmlarni ko‘zda tutadi. Bu qonun korrupsiyaga qarshi tashkilotlar va markazlarning tashkil etilishiga, davlat mansabdorlarining mol-mulk deklaratsiyasi berishiga, shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, 2020-yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (QKKA) tashkil etildi. Bu agentlik korrupsiya holatlarini aniqlash, tergov qilish, hamda davlat organlarida shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda shaffoflikni ta’minlash uchun raqamli texnologiyalardan foydalanishga katta e’tibor qaratilayotgani kuzatilmoqda. Davlat organlarining faoliyati internet orqali ommaviy nazorat qilinishi va davlat mablag‘larining sarflanishi haqidagi ma’lumotlar internetda joylashtirilishi korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasida davlat va xususan, mansabdor shaxslar uchun mol-mulklarini deklaratsiyadan o‘tkazish talab qilinishi korrupsiyaga moyil mansabdor shaxslarni aniqlash va ularning sodir etayotgan qonun buzilishlarini oldini olishga xizmat qiladi. Mol-mulk deklaratsiyalari,  mansabdor shaxslardan ish haqi va daromadlarini hisob- kitob qilinishi har qanday korrupsion sxemalarni  aniqlashda yordam berishi tabiiy.

O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro tajribalarni jadal o‘rganib kelmoqda. Jumladan, mamlakatimiz shunday davlatlarning modellarini qo‘llashga intilib , ularda korrupsiyaga qarshi siyosatlar yaxshi ishga solingan va samarali natijalarga erishilishiga sababchi bo‘lgan omillarni o‘z qonunchiligida qo‘llash masalalarini o‘rganib kelmoqda.

Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Sud tizimi ham korrupsiyaga  qarshi kurashishda muhim rol o‘ynagan va bu sohada bir qator islohotlarni amalga oshirgan. Sud tizimiga bo‘lgan ishonchni oshirish, korrupsiyaning oldini olish va davlat organlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida muhim chora-tadbirlar qo‘yilib bugungi kunga qadar amalda davom ettirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kerakli takliflar ko‘rib chiqilib unda  O‘zbekiston Respublikasida sud tizimini shaffof va adolatli qilish uchun bir qator islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar sud organlari faoliyatining shaffofligini oshirishga, sud jarayonlarining ommaviy nazoratini ta’minlashga, korrupsiya holatlarini aniqlashga va uning oldini olishga qaratilgan.

Sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish uchun maxsus mexanizmlar yaratildi, bu mexanizmlar korrupsiya holatlarini aniqlash va ularga qarshi qonunan choralar ko‘rishga yo‘naltirilgan.

Sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish uchun ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash muhimdir. Shuning uchun, sud jarayonlarini ommaviy axborot vositalari orqali monitoring qilish mexanizmi, korrupsiyaga qarshi maxsus qo‘mita va ishonch telefonlari tashkil etildi.

Davlatimizda sud tizimini yanada muvofiqlashtirish va uni takomillashtirish bo‘yicha joriy yilning 5-mart kuni hurmatli Prezidentimiz Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazib, unda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga baho berib, kelgusidagi vazifalarni aniq belgilab berdilar.

Xususan, “Sudlar faoliyatiga har qanday aralashish – bu odil sudlovga soya solish deb baholanishi” hamda bu bo‘yicha so‘rov ham, javobgarlik ham qattiq bo‘lishi haqida barchani ogohlantirib o‘tganligi, sud tizimini rivojlanishi, uning shaffofligini yanada oshirishga xizmat qilishiga zamin yaratdi.

Xulosa qilib aytganda davlatimiz qonunchiligida korrupsiyaga qarshi oxirgi olib borilayotgan islohotlar buyuk bir davlatning benuqson kelajagi, fuqarolarning osuda hayot kechirishi hamda yetuk rivojlangan davlatlar qatoridan urin olishiga xizmat qilishidan dalolat beradi.

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha

Ishtixon tumanlararo sudi sudyasi

Agzamova Qizlarxon Baxtiyorovna

 

 

 

 

 

Teglar
- -