insurez
05-07-2025 17:39

Oziq-ovqat xavfsizligi — doimiy e’tiborda


Oziq-ovqat xavfsizligi — doimiy e’tiborda

Ishtixon tumani hokimi tumandagi fermerlar bilan uchrashib, oziq-ovqat zaxirasini to‘ldirish masalasi yuzasidan muhokama o‘tkazdi. 

Uchrashuvda aholini zarur mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida bo‘sh turgan yerlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, bo‘sh yer maydonlariga kartoshka, sabzi va boshqa turdagi sabzavot ekinlarini ekish bo‘yicha fermerlarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -