insurez
03-11-2024 11:29

„Profi Deutsch“ nemis tili o`quv kursi tashkil etildi.


ISHTIXONLIK YOSHLAR UCHUN AJOYIB YANGILIK

📌 O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Germaniya-O`zbekiston biznes hamkorligi byurosi (DUWK Büro) tomonidan Germaniyalik hamkorlar bilan birgalikda 5 yilga mo`ljallangan “O`zbekistonda nemis tili o`qitish tizimini takomillashtirish hamda yoshlarni Germaniyada kasbiy ta’limga yo`naltirishga ko`maklashish” loyihasi doirasida O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi qoshidagi “Kasbiy ta’lim va xorijiy tillarni rivojlantirish” nodavlat ta’lim muassasasi tuzilmasida Xalqaro standartlar  va zamonaviy metodologiyalar asosida yurtimizda ilk bor Ishtixon tumani 2-son Kasb-hunar maktabida „Profi Deutsch“ nemis tili o`quv kursi tashkil etildi.

🔹 Ushbu o`quv kursida o`qish istagini bildirgan yoshlar bilan uchrashuv o`tkazildi. Uchrashuvda  yoshlarga o`quv kursida yaratilgan sharoitlar, til o`rnanish orqali Germaniya Federasiyasida  ishlash imkoniyatiga ega bo`lishi haqida ma’lumotlar berildi va dastlabki 16 nafar yoshlarga malakali o`qituvchilar tomonidan dars berish jarayonlari boshlandi.

🔸 Ma’lumot uchun, ushbu loyiha doirasida 2024-2029 yillarda har yili jami 200 nafar o`zbekistonlik nemis tili o`qituvchilari Germaniyadagi xorijiy til mutaxassislarini tayyorlovchi etakchi markazlarida malakasini oshirib qaytadi.
O`zbekiston Respublikasi Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi, O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi “Kasbiy ta’lim va xorijiy tillarni rivojlantirish” nodavlat ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etiladigan nemis tili kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan yoshlarni „Askania Future“ kompaniyasi bilan hamkorlikda Germaniyada kasbiy ta’lim olishga va ishga yo`naltiriladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -