#Prokuratura
#Prokuratura
Bugun Ishtixon tuman prokurori, 2-sektor rahbari U.Butunov boshchiligida "Mahalla yettiligi" bilan tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokida 2024-yilning I choragi yakunlari hamda II choragida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman 2-sektori "Mahalla yettiligi" faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarining (KPI) joriy yilning I chorak yakunlari tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi. Shundan so‘ng 2024-yilning II choragida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar va vazifalar belgilab olindi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI