Qonun hujjatlari targ‘iboti va ijro etish masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Qonun hujjatlari targ‘iboti va ijro etish masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Ishtixon tuman sudlari tomonidan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalarni targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan sayyor uchrashuvlar, davra suhbatlari va targ‘ibot tadbirlari muhim ahamiyatga ega. Bu kabi tadbirlar fuqarolar va tashkilotlar o‘rtasida qonun ijrosini ta’minlash, huquqiy bilimlarni oshirish hamda adolatli huquq-tartibotni saqlashga qaratilgan.
Ishtixon tuman sudi va tumanlararo sudlar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda sud hujjatlarining ijrosi va undiruv jarayonlari haqidagi masalalar muhokama qilindi. Sud hujjatlarini asossiz qaytarilishining oldini olish va ijro hujjatlarida aniqlangan kamchiliklarni tuzatish zarurligi ta’kidlandi. Bu orqali qonunchilikning samaradorligini oshirishga va davlat manfaatlari himoyasini kuchaytirishga e’tibor qaratildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI