Qo‘riqlash xizmati tashkil etilgan kun munosabati bilan tabrik!
Qo‘riqlash xizmati tashkil etilgan kun munosabati bilan tabrik!
Hurmatli qo‘riqlash xizmati xodimlari!
💪Sizlarni 29 oktyabr — Qo‘riqlash xizmati tashkil etilgan kun munosabati bilan samimiy tabriklayman!
🇺🇿Jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarimizning xavfsizligini muhofaza qilishda sizlarning xizmatingiz beqiyos ahamiyatga ega. Kun uzoq va tun bo‘yi og‘ir va mas’uliyatli vazifani bajarib, davlat va jamoat mulkini, fuqarolarning hayoti hamda sog‘ligini himoya qilishdagi sidqidil mehnatingiz yuksak tahsinga sazovordir.
💪Ishingizda yanada katta muvaffaqiyatlar, sog‘lik-salomatlik, tinchlik va baxt-saodat tilayman. Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lidagi fidokorona xizmatingiz hamisha qadrlanadi.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Fazliddin Ruziyev
Ishtixon tuman hokimi
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI




