insurez
05-06-2024 10:04

Qurilish vaziri Ishtixonda


Qurilish vaziri Ishtixonda

    O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri Botirov Zokir Erkinovich tumanimizga tashrif buyurdi. Zokir Botirov dastlab, marhum muftiy Usmonxon Alimov xoki qo‘yilgan maqbara qurilishini ko‘zdan kechirdi.
  
    Tuman bosh imom xatibi Toshmuxammad Abilov marhum haqiga qur’on oyatlaridan tilovat qildi.

    So‘ngra oliy martabali mehmon tuman markazi yaqinida aholi uchun qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda bo‘lib, zaruriy tavsiya va takliflarni bildirdi. Qurilish vaziriga tuman hokimi Fazliddin Ruziyev hamrohlik qildi.

Teglar
- -