‼️ Reklama va e’lonlarni joylashtirish bo‘yicha qat’iy talablar mavjud!
‼️ Reklama va e’lonlarni joylashtirish bo‘yicha qat’iy talablar mavjud!
Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!
Ishtixon tumanida e’lonlar, peshlavhalar va reklama matnlarining qonunchilik talablariga muvofiqligi o‘rganilmoqda. Ruxsatsiz yoki noqonuniy reklama materiallarini joylashtirish qonunbuzarlik hisoblanib, BHMning 50-70 baravari miqdorida jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.
📍 Bugun hokimlik ishchi guruhi tomonidan Ishtixon shahrining markaziy hududlarida reklama va peshlavhalarning davlat tilidagi rasmiy yozuvi, shuningdek, qonunchilik talablariga mosligi bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borildi.
🔹 Hurmatli tadbirkorlar!
Mahsulot va xizmatlaringizni targ‘ib etishda “Davlat tili to‘g‘risida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlarga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz. Ushbu talablarni buzish ma’muriy va moddiy javobgarlikka olib kelishi mumkin.
✅ Yaqinlaringizni ogohlantiring, qonunlarga amal qiling!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI