Samarqand viloyati prokurori M.Eshnazarov Ishtixon tumani “O‘zbekqoʻrgʻon” mahallasida sektor rahbarlari va nuroniy vakillari ishtirokida maktabgacha taʼlim tashkiloti yangi binosi qurilishiga tamal toshi qo‘yib berdi.

Aholi talab-istaklaridan kelib chiqib, homiylar va hashar yoʻli bilan 1 mlrd.300 mln. soʻm mablagʻ ajratilib, 200 oʻrinli yangi bino qurilishi boshlandi.
Shuningdek, viloyat prokurori tomonidan Ishtixon tumanidagi tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbirda ishbilarmon doira vakillarining faoliyatida yuzaga kelayotgan muammoli masalalari yuzasidagi murojaatlar qabul qilindi.
Shundan so‘ng tumandagi Mitan shaharchasida yangi qurilayotgan sog‘liqni saqlash obyektlari binosining qurilish ishlari ham o‘rganildi.
Qurilish obyektida mavjud xato va kamchiliklar bartaraf etish, o‘z vaqtida va sifatli topshirilishi bo‘yicha ko'rsatmalar berildi.