insurez
11-10-2024 11:06

Samarqand viloyati prokurori Murodqosim Eshnazarov Ishtixon tumanidagi dehqon bozorlari yonidagi tutash yo‘llar va avto turorgohlarni zamonaviy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazdi.


Samarqand viloyati prokurori Murodqosim Eshnazarov Ishtixon tumanidagi dehqon bozorlari yonidagi tutash yo‘llar va avto turorgohlarni zamonaviy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazdi.

Bozorlarga tashrif buyuruvchi haydovchilar va piyodalar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, transport vositalarining erkin harakatlanishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega dedi 
viloyat prokurori.

Shu bois, tuman hokimligi va tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda, tutash yo‘llarni ta’mirlash, avto turorgohlar hajmini oshirish va ularni zamonaviy talablarga moslashtirish bo‘yichachora-tadbirlar belgilab olindi.

Bu chora-tadbirlar bozor atrofida yuzaga keladigan tirbandliklarni kamaytirish, haydovchilar uchun qulaylik yaratish va umumiy tartibni saqlashga qaratilgan.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -