insurez
18-08-2025 10:21

Samarqand viloyatida To‘rtinchi “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi


Samarqand viloyatida To‘rtinchi “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi

Bugun Samarqand viloyatida To‘rtinchi “Ustozlar milliy forumi” tashkil etildi. Unda ta’lim sifatini oshirish, pedagoglar malakasini yuksaltirish va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama etildi.

Ishtixon tumani pedagoglari ham forumda onlayn tarzda faol ishtirok etdilar. Tadbirda ta’lim sohasidagi islohotlar, o‘quv jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarini yanada oshirish masalalari alohida e’tiborga olindi.

Forum yakunidan so‘ng tuman hokimi Fazliddin Ruziyev maktab direktorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Suhbat davomida maktablardagi tayyorgarlik ishlari, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va bitiruvchi yoshlarni oliy ta’limga yo‘naltirish yuzasidan atroflicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -