Samarqand – Xitoy hamkorligi yangi bosqichda
Samarqand – Xitoy hamkorligi yangi bosqichda
🇺🇿🇨🇳Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/ishtixontumanhokimligi/27242) Samarqand viloyati delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.
🌎Tashrif doirasida kichik va o‘rta biznes yo‘nalishida hamkorlikni kuchaytirish, investisiya va eksport imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qator uchrashuv va forumlar tashkil etilmoqda.
↗️Jumladan, Xitoyda o‘tkazilayotgan Samarqand viloyati tadbirkorlari forumida Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev ham ishtirok etmoqda.
💼U tumandagi tadbirkorlik muhiti, eksport salohiyati hamda Xitoylik ishbilarmonlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari haqida ma’lumot berdi.
✍️Bunday uchrashuvlar ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
#Investitsiya #Xitoy #Ishtixon2025
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI