Samarqandda Respublika ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi
Samarqandda Respublika ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi
Bugun Samarqandda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari” mavzusida respublika ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Ishtixon tumani hunarmandlari ham ishtirok etib, o‘z mahsulotlarini namoyish qildi.
Ular orasida Ishtixon tuman O‘zbekiston mahallasida yashovchi tadbirkor-chevar, quroqchi Rahima Hakimova ham bo‘lib, o‘z qo‘l mehnati bilan yaratgan milliy quroqchilik mahsulotlari bilan faol ishtirok etdi.
Seminar doirasida Rahima Hakimova Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Maxkamova bilan uchrashib, hunarmandchilikni rivojlantirish, ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va milliy hunarmandchilikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha taklif va fikrlarini bildirdi.
Shuningdek, tadbirda hunarmandchilik sohasidagi tajribalar almashildi, hosildorlikni oshirish va aholi daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI