insurez
22-08-2024 09:20

SAMARQANDDA UCHINCHI USTOZLAR MILLIY FORUMI BOSHLANDI


SAMARQANDDA UCHINCHI USTOZLAR MILLIY FORUMI BOSHLANDI

Tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etmoqda.

Forum doirasida yangi o‘quv yilida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida taʼlim-tarbiya sifatini yangi bosqichga olib chiqish, sohada ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish, Prezident maktablarining ilg‘or tajribasini keng joriy etish, xalqaro talablar asosida ishlab chiqilgan o‘quv reja, dastur va o‘quv-metodik majmualarni samarali joriy qilish bo‘yicha yangi rejalar belgilab olinadi.

Ushbu forumda Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziyev hamda sektor rahbarlari va maktab va maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarlari ishtirok etmoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Teglar
- -