insurez
15-10-2024 11:36

Saxovat xalqimizga xos fazilat


Saxovat xalqimizga xos fazilat

Asrlar osha shakllanib kelgan qadriyatlarimizning har biri o'ziga xos fazilatga ega. O'zbek xalqining ana shunday xislatlaridan biri bo'lgan muruvvat va saxovat yurtimizda azaldan yuksak qadriyat hisoblangan. Yordamga muhtoj kishilarga koamaklashish, og'irini yengil qilish qon-qonimizga singib ketgan ezgu an'analarimizdandir. 

Hayot bir tekis emas, uning o'ziga yarasha muammo va tashvishlari bor. Ammo ba'zida shunday vaziyatlar boladiki, hech kutmagan joyingizdan najot keladi. Ana shunda hayotda yaxshi odamlar ko'pligi haqidagi o'y qalbingizga taskin beradi. 

Tumanimizning Shayxislom mahallasida yashovchi Nargiza Mo'minovaning turmush o'rtogi vafot etgach ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan yolg'iz  qoldi.  Ayol boshi bilan ikki farzandining ehtiyojlarini ta'minlash bir masala bo'lsa, yashash uchun uyi ham yo'qligi uning boshidagi yana bir tashvishi edi. Aka-ukalari kelishib unga ota hovlisi yonidagi bosh yerning bir qismini ajratib berishdi. Ammo, bu yerga uy qurish uchun ham anchagina mablag' kerak edi... 
 

Teglar
- -